"Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" ilmiy uslubiy markazi

Markaz yangiliklari

 2.06.05   Diplom ishlari himoyasi.

Fizika-matematika fakultetining bitiruvchi 4-A kurs talabalari Abilov Sherali, Razzoqov Umar, Shukurov Hasan, Shukurov Husan o'zlari olgan matematik mavzular bo'yicha yaratgan elektron ishlanmalarini "Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" ilmiy-uslubiy markazida barchaga namoyish qilib, diplom ishlarini himoya qildilar.

Ular Umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika kurslari bo'yicha mavzularning multimediya vositasi yordamida o'qitilishini o'rgatuvchi elektron ishlanma yaratdilar. Himoyani yaxshi o'tkazib a'lo baholarga baholandilar.

 

 Aprel-May   Matnli masalalar.

Har qanday ko'rinishdagi matnli masalalarni yechishda ko'rgazmalalik muhim ahamiyatga ega. Matnli masalarning yechilishini multimediya yordamida tushintirish, o'quvchilarda tasavvurlarning kenggayishiga yordam beradi. Ayniqsa harakatlar muhimdir, shu sababli markazimizda yaratilgan animatsiyali masalalar va fizikaviy laboratoriya ishlari jamlandi.

 

 Fevral-Mart   Kimyo fani bo'yicha qo'llanma.

Akademik litseylarda "Kimyo" fanini o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan faydalanib dars o'tish bo'yicha elektron qo'llanma yaratildi. Elektron qo'llanma kimyo bo'yicha 2-kurs magistranti Shukrullayeva Nargiza hamda markazimiz dasturchisi Tangirov Xurram tomonidan yaratildi.

 

 4.02.05   Kurs ishlari himoyasi.

Fizika-matematika fakultetining bitiruvchi kurs talabalaridan 4 nafari o'zlari olgan mavzular bo'yicha elektron ishlanma yaratishib, multimediya yordamida namoyish qilishdi va kurs ishini himoya qildilar.

4-A kurs talabalari Abilov Sherali, Razzoqov Umar, Shukurov Hasan, Shukurov Husan o'zlari olgan matematik mavzular bo'yicha yaratgan elektron ishlanmalarini "Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" ilmiy-uslubiy markazida barchaga namoyish qilib, kurs ishini himoya qildilar.

 

 27.12.04   Markaz sayti internetga chiqarildi.

Bugundan etiboran Markazimiz sayti internet tarmog'iga chiqarildi. Unda markazdagi yangiliklar, e'lonlar, markaz xodimlari haqida ma'lumotlar, markaz tomonidan yaratilgan darsliklar ro'yxati, rasmlar va boshqa bir qancha ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin.

 

 Dekabr, 2004   Web Texnologiya

Multimediya markazimizda o'qituvchi Azamat Sattorov tomonidan "Web Texnologiya" fanidan elektron qo'llanma yaratildi va u ichki saytga joylashtirildi.

 

 14.12.04   Markaz sayti yaratilmoqda

Institutning "Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" markazida Markaz sayti yaratilmoqda. Unda markaz haqidagi ma'lumotlar: markaz faoliyati, xodimlar, markazdagi yangiliklar, markaz tomonidan yaratilgan elektron o'quv qo'llanmalar hamda ko'plab ma'lumotlar keltirilmoqda. Ushbu sayt yaqin kunlarda internet tarmog'iga chiqariladi.

 

 3.12.04   Institut jamoasining ishtiroki

1 dekabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida dasturlash bo'yicha jahon chempionatining yarim final bosqishi bo'lib o'tdi. Unda institutimiz jamoasi ham muvofaqqiyatli ishtirok etdi.

 

8.11.04   JSPI yarim finalda.  

Dasturlash bo'yicha jahon chempionatining natijalari haqida http://neerc.ifmo.ru saytning ma'lumoti bo'yicha institutimiz jamoasi yarim final bosqichiga chiqishdi.
Endi 1 dekabrda Toshkentda bo'ladigan musobaqaga tayyorgarlik ko'rilmoqda.

 

 2.11.04   Musobaqa yakunlandi, natijalar ma'lum, boshqa natijalarni kutmoqdamiz.

Toshkent Axborot Texnologiyalar Universitetida bo'lib o'tgan 'chorak final musobaqasi'da institutimiz jamoasi 19 o'rinni egalladi. Bu navbatdagi yarim final bosqichiga chiqish imkonini berishi mumkin. Buning uchun Qozoqiston va Qirg'iziston davlatlarida bo'lib o'tadigan musobaqa natijasini kutishimiz lozim.

 

29.10.04   Musobaqada ishtirok etish uchun institut jamoasi Toshkentga jo'nab ketishdi.  

30 oktabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalar Universitetida Kompyuterda dasturlash bo'yicha jahon chempionatining Middle Asia hududi bo'yicha chorak final musobaqalari bo'lib o'tadi. Unda ishtirok etish uchun institutimiz jamoasi ham bugun jo'nab ketishdi.

Jamoamiz a'zolari quyidagilar:

1. Shukurov Egamberdi

2. Umarov Oybek

3. Sattorov Azamat

4. Shukurov Hasan

Biz ularga omad tilab qolamiz.

 

12.10.04   Jahon chempionatida ishtirok etish uchun institut jamoasi ro'yxatdan o'tdi.  

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi Kompyuterda dasturlash bo'yicha jahon chempionatining Middle Asia hududi bo'yicha chorak final musobaqalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tdi.

 

Sentyabr   Elektron qo'llanma 

"Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" ilmiy-uslubiy markazida "Differentsial tenglamalar" fani bo'yicha elektron o'quv qo'llanma tayyorlandi va institut ichki saytiga joylashtirildi.

 

Hosted by uCoz