29.01.05     "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasida g'oliblar aniqlandi

Institut "Madaniyat saroyi"da 3 kun davom etgan fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasi nihoyasigada yetdi. Unda g'oliblikni quyidagi jamoalar qo'lga kiritishdi:
1- o'rin. "Pedagogika va san'at" fakultetining "Jizzaxlik Jiyanlar Jamoasi" 103 ball.
2- o'rin. "Xorijiy tillar" fakultetining "Hozirgi o'zbeklar" jamosi 99 ball.
3- o'rin. "Jismoniy tarbiya" fakultetining "Tezkorlar" jamoasi 98 ball.

G'oliblarga Institutimiz rektorati tomonidan sovg'alar berildi.

 

26.01.05     "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasi

Institutimizda fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasi bo'lib o'tmoqda. 26-28 yanvar kunlari Institutning "Madaniyat saroyi"da quyidagi fakultetlar o'zaro bellashadilar:
26 yanvar. "Pedagogika-psixologiya, musiqa" - "Kasb ta'limi" - "Kimyo-biologiya"
27 yanvar. "Jismoniy tarbiya" - "Ozbek tili va adabiyoti" - "Boshlang'ich ta'lim uslubi"
28 yanvar. "Fizika-matematika" - "Tarix va huquq" - "Xorijiy tillar"

 

24.01.05     Elektron darsliklar ahamiyati

Hozirgi rivojlanish davrida multimediya yordamida darslarning o'tilishi talabalarning tasavvurini oshiradi. Undagi harakatli, rangli tasvirlar talabalarda bilim, ko'nikma va malaka hosil qiladi hamda ularning dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

20.01.05     Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!

Ertaga butun musulmon xalqi "Iyd al-Adha" - Qurbon hayitini nishonlaydi. Shu munosabat bilan Institutimiz jamoasi barcha yurtdoshlarimizni milliy qadriyatimiz bo'lmish "Qurbon hayiti" bilan tabriklaydilar. Barchaga tinchlik-omonlik, tan-sihatlik tilaydilar.

 

17.01.05     Chimildiqqa otilgan o'q

Institutning "Madaniyat saroyi"da 17, 18, 19, 20, 21, 22-yanvar kunlari "Ko'zgu" studiyasi tomonidan yaratilgan "Chimildiqqa otilgan o'q" badiiy filmi namoyish etiladi. Seanslar har kuni soat 14_00 da va 16_00 da boshlanadi.

 

15.01.05     Malaka oshirish Germaniyada

Kuni kecha Institutning "Axborot texnologiyasi asoslari" kafedrasi katta o'qituvchisi Do'stmurod Jomurodov 15 kunlik safar bilan malaka oshirish uchun Germaniyaga jo'nab ketdi. U Maldeburg Universitetida 15 yanvardan 29 yanvargacha Axborot texnologiyalari va komunikatsiya tizimi, multimediya va elektrton darsliklar bo'yicha tajriba almashib qaytadi.

 

13.01.05     14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

Institut madaniyat saroyida "14 yanvar Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda institut rektori ishtirok etib, yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, institut "Kamolot" YIH boshlang'ich tashkiloti tomonidan, ertangi Viloyat miqyosidagi drama-teatrda bo'lib o'tadigan tantanali bayram kechasiga 100 chipta talabalarga bepul tarqatildi. Kechada Viloyat hokimi, san'atkorlar, Toshkentdan tashrif buyuruvchi Aziza Niyozmetovaning ishtirok etishi kutilmoqda.

 

5.01.05     Sirtqi(maxsus sirtqi) bo'lim talabalari o'qimoqdalar

Hozirgi paytda institut talabalari qishki ta'tildalar, lekin institutda sirtqi(maxsus sirtqi) bo'lim talabalari tahsil olmoqdalar. Ular 2 yanvardan boshlab darsga kelmoqdalar, kunduzgi bo'lim talabalari esa 10 yanvardan darsga qaytadilar.

 

30.12.04     Yangi yilingiz bilan!

Hurmatli yurtdoshlar Sizlarni Institutimiz jamoasi Yangi 2005 yil bilan samimiy qutlaydilar. Yangi yilda sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, Ishlaringizga ulkan muvofaqqiyatlar tilaydilar.

 

27.12.04     Markaz sayti internetda

Bugundan etiboran Markazimiz sayti internet tarmog'iga chiqarildi. Unda markazdagi yangiliklar, e'lonlar, markaz xodimlari haqida ma'lumotlar, markaz tomonidan yaratilgan darsliklar ro'yxati, rasmlar va boshqa bir qancha ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin. >>>

 

24.12.04     Birinchi o'rin sohibi

Yaqindagina Magistrant va Bakalavriat talabalar o'rtasida o'tkazilgan "Men saylovga tayyorman" ko'rik tanlovi nihoyasiga yetdi. Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi, "Kamolot" YIH markaziy kengashi, O'zbekiston teleradiokompaniyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Respublika miqyosidagi nufuzli musobaqada omad Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti Sarvar Nazarqosimov birinchi o'rinni egallab, "Pentium-IV" kompyuteri bilan mukofotlandi.

 

Hosted by uCoz