"Ta'lim tizimini axborotlashtirish va multimediya" ilmiy uslubiy markazi

Markaz nizomi

Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O'bekiston Respyblikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablaridan kelib chiqqan holda, o'quv jarayoniga ahborot tehnologiyalarini olib kirish va dasturiy ta'minotini amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi "2001-2005 yillarda komp'yuter, komp'yuter va ahborot tehnologiyalarini rivojlantirish, "Internet"ning halqaro ahborot tizimlariga kirib borishni ta'minlash dasturini ihlab chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 230-sonli va Oliy o'quv yurtlarining o'quv jarayonida zamanoviy komp'yuterlar va ahborot tehnolo0giyalarini kehg joriy etish vazifasini amalga oshirish to'g'risidagi 2000 yil 6 iyundagi 200-sonli qarorlarida ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Institut qoshida tashkil etilgan "Ta'lim tizimini ahborotlashtirish va multimedia" ilmiy-uslubiy markazinnig maqsadi va vazifalarini belgilaydi.
  2. Ilmiy-uslubiy markaz o'z ish faoliyatida O'zbekiston Resbublikasi Konistitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" talablari, Davlat ta'lim standartlari ta'limga oid hukumat hujatlari, Oliy va O'rta mahsus Talim hamda Halq ta'lima Vazirliklarining ko'rsatmalari, buyruqlari va qarorlari, Institut ilmiy kengashini qarorlari va Institut rektori buyruqlari va maskur Nizomga amal qiladi hamda jamiyatni ahborotlashtirish konsetsiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan, ta'limni ahborotlartirish konsepsiyasini rivojlantirish va tadqiq etishga yo'naltiriladi.
  3. Istitut (ta'sischi) ilmiy-uslubiy markaz faoliytat ko'satishga barcha shart-sharoitlar yaratish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi, uning moliyalashtirishioni va tijorat faoliyatini koordinatsiya qiladi hamda ta'minlaydi.
  4. Ilmiy-uslubiy markazini Institut rektorni buyrug'i bilan tayinlnuvchi va bo'shatiluvchi rahbar (boshqaruvchi) boshqaradi. Rahbar markaz ishlarini tashkillashtiradi, kadrlar taminlaydi va ilmiy-uslubiy markazning holati va natijalari uchun javobgarlikni olib boradi.Rahar Institut ilmiy kengash a'zosi hisoblanadi
  5. Ilmiy-uslubiy markaz Institutning tarkibiy tizimining alohida bo'limi hisoblanadi va ta'lim jarayonini ahborotlashtirishning asosiy omili sifatida uzliksiz ta'limning yagona tizimiga kiradi.
  6. Ilmiy-uslubiy markazning foydalanuvchilari: talabalar, o'qituvchilar, institutning ilmiy va muhandis-tehnik hodimlari, magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar va boshqalardir.
  7. Institutning har bir bo'linmasi ilmiy-uslubiy markazning hizmatlaridan foydalanadi va ushbu ilmiy-uslubiy markaz haqidagi Nizomning bajarilishi ushun javobgar hisoblanadi.

ILMIY USLUBIY MARKAZ FAOLIYATINING ASOSIY YO'NALISHLARI:

  1. Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlari olib borish:
    1. o'quv jarayoniga zamonaviy komp'yuterlar va ahborot tehnologiyalarini joriy etish;
    2. o'quv jarayoniga masofaviy ta'limni joriy etish;
    3. talaba va o'qituvchilar reytingi, bilim sifatining turli ko'rinishlari haqidagi nazorat statistikalarini yig'ish va ularni qayta ishlash.
  2. Tehnik vositalar (tarmoq, Internet,elektron pochta, rezograf va boshqa ko'paytirish va proeksion tehnikalar, avtomatlashtirilgan kutubhonalar tizimi elementlari va boshqalar) va ularning ishlashida mutahasislikning taminlashini nazorat qilish.
  3. Ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish bo'yicha Ilmiy-uslubiy markaznng boshqa o'quv yurtlari bilan aloqasini ta'minlash;
  4. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi inmiy-tadqiqot institutlari va Respublikaning nufuzli oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda yosh o'qituvchilar va magistrantlarni o'quv jarayoniga zamonaviy komp'yuterlar va ahborot tehnologiyalarini qo'llash sohasidagi muammolarni hal etish bo'yicha ilmiy izlanishlarga jalb etih.
  5. Institutning ichki majburiyatlarini taqsimlash, potensialli foydalanuvchilarni jalb etish bo'yicha tarmoqli rejani ishlab chiqish va amalga oshirish, rivojlanish yo'nalishini aniqlash.

ILMIY USLUBIY MARKAZNING MAQSADI, FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI

  1. Ilmiy-uslulubiy markazning asosiy maqsadi:
    1. ta'lim jarayonini ahbvorotlashtirish, y'ani ahborotlashgan jamiyat sharoitida o'quvchi yoshlarni jamoatchilik va kasbiy faoliyatda to'laqonli va samarali ishtirok etishga tayyorlash maqsadida ta'lim tizimining barcha komponentlarini zamanoviy komp'yuterlar va ahborot tehnologiyalarini qo'llash asosida yahshilash;
    2. ta'lim sohasida ahborot marketingini rivijlantrirish;
    3. o'quv jarayoni va ahborot tehnologiyalarini keng joriy etish masalalarini amalga oshirish uchun institutning intelektual, moddiy va moliyaviy resurslarini konsentratsiyalash;
    4. Respublikning homiy oliy o'quv yurtlari va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akadsemiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ta'lim sohasiga zamonaviy komp'utelarni va ahborot tehnologiyalarini qo'llash borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish;
    5. Respublika ilmiy salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlar sonini ko'paytirish uchun zamin tayyorlash.
  2. Inlmiy-uslubuy markazning asosiy vazifalari:
    1. O'quv-uslubiy materiallar bazasini yaratish;
    2. ahborot resurslar katalogini shakllantirish va kiritish;
    3. talabalar, o'quituvchilar reytingini tashkil qilish va testlar o'tqazish;
    4. talabalarning o'qituvchilar va institutning ma'muriyati bilan interaktiv a'loqalarni taminlash;
    5. foydalanuvchilarni toifalar bo'yicha ularning tuzilishlarini identifikatsiya qilish;
    6. foydalanuvchilarning har bir toifalarini ular vazifalarini amalga oshirishlari, markazdan foydalanuvchilarning maksimal darajada to'la o'quv, ilmiy va me'yoriy ahborotlarni tasavvur qilishlari uchun imkoniyatlar bilan ta'minlash;
    7. Internet, elektron pochta va boshqa telekommunikatsion tizimlar yordamida institutning turli hil tuzilmalari resurslarining o'zaro integratsiyasini ta'minlash va ularni qiziktirgan ahborot materiallari va elektron kutubhona fondi bilan tanishtirish.
  3. ilmmiy-uslubiy markazning asosiy vazifalari:
    1. elektron darslik, o'quv qo'llanmalarni, ma'ruza matnlarini yaratish;
    2. murakkab jarayonlarning elektron ishlanmalarini yaratish;
    3. akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun labaratoriya va amaliy mashg'ulotlarni elektron ishlanmalarini yaratish;
    4. internet tarmog'idan foydalanib, o'quv va ilmiy materiallarni qabul qilish va tarjima qilish;
    5. institut web-sahifasini yaratish;
    6. masofaviy ta'lim uchun o'quv-uslubiy materiallarini yaratish;
    7. masofaviy ta'lim qo'laniladigan eng zamanoviy tehnologiyalarni o'rganish va joriy etish;
    8. institutning local tarmog'ini yaratish;
    9. telekommunikatsiya hizmatini joriy qilish;
    10. ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlar ahborotlarini ko'paytirish va hamda tarqatish;
    11. turli hil hizmatlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik jamoalarni shakllantirish;
    12. ahborot marketingini joriy etish va rivojlantirish;
    13. ahborot-telekommunikatsion tehnologiyalar doirasidagi ishlarni ta'lim va institutda o'qitiladigan fanlari sohasiga qo'llash;
    14. keng foydalanuvchilar doirasini global ahborot Internet tarmog'i resurslari bilan, shu bilan bir qatorda va ularning elektron pochta kanallari bo'yicha o'zaro harakatlarni ta'minlash;
    15. ta'lim va ilmiy-tadqiqodlarni ahborot bilan ta'minlash uchun avtomatlashtirilgan kutubhona tizimidan foydalanish;
    16. yangi ahborot tehnologiyalari va multimediya tizimlari asosida zamonaviy o'rgatuvchi tizimlar ishlab chiqish va o'quv jarayoniga keng joriy etish;
    17. boshqa oliy o'quv yurtlari, korhonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubhonalar, boshqa hudud va mamlakat hamda horijiy tashkilotlar bilan ahborotli hamkorlikni ta'minlash;
    18. boshqa ahborot tizimlari hizmatlari.

MARKAZ TARKIBI VA BOSHQARISH

  1. ilmiy uslubiymarkaz tarkibi kuydagi bo'limlardan:
    1. "g'oyalarni shakllantirish va ularni ahborotlashtirish rejalari";
    2. "matematik modellar va ularni ishlatish algoritmlarini yaratish";
    3. "algoritmlarni dasturlash";
    4. aniq bir maqsaddagi "Amaliy dasturlar majmuasi"ni tayyorlash;
    lardan iborat ishchi guruhlarni tashkil etadi. Bu ishchi guruhlar tarkibiga professor, katta ilmiy hodim, kichik ilmiy hodim, muhandis dastirchilar, EHM operatorlari va boshqa tehnik hodimlar kiradi.

    Ilmiy uslubiy markaz institut rektori tomonidan tayinlangan rasmiy rahbartomonidan boshqariladi.

    Ilmiy-uslubiy markazning foydalanuvchilarining o'quv yurtidagi turlihizmatlari bilan hamkorligini amalgaoshirish uchun ishlabv chiqilgan dasturiy ta'minotdan foydalanish bilan shug'ullag'ulanchi tehnik mutahjasislardan ma'mur va tehnik inspertor tayinlanadi.

  2. Ilmiy uslubiy markazning boshqaruvchisi majburiyatlariga kuydagilar kiradi:
    1. kuzatuv, rivojlanish va abonentlarga hizmat ko'rsatishni ta'minlovchi ilmiy uslubiy markaz faoliyatining umumiy qo'llanmasi va koordinatsiyasini ishlab chiqish;
    2. Ilmiy uslubiy markaz amalga oshiradigan vazifalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
    3. Ilmiy uslubiy markazning infrastrukturasini kengaytirish va pivojlantirish;
    4. Ilmiy uslubiy markazdan foydalanuvchilarga hizmat ko'rsatish bo'yicha ilmiy uslubiy markazga oid qo'llanma ishlab chiqish;
    5. Ilmiy uslubiy markazning boshqa ahborot markazlari bilan o'zaro hamkorligini tashkillashtirish;
  3. Komp'yuter bo'yicha mamurning vazifalarigakuydagilar kiradi:
    1. foydalanuvchilarning ahborot resurslariga kirish huquqi reglamentatsiyasini belgilash;
    2. toifalar bo'yicha foydalanuvchilarning vakolati va tarkiblarini nazorat qilish;
    3. foydalanuvchilar vakolati faoliyatining vaqt nazorati;
    4. foydalanuvchilardan ahborotlar yig'ish (talabalarni testlash natijalari, teskari aloqa kanali bo'yicha qabul qilingan ihtiyoriy ahborotlar, teskari aloqa ahborotlari va qator boshqa ahborotlar arhivi) va tizimlashtirish;
    5. foydalanuvchilarga to'g'ri keladigan materiallar ro'yhatini taqdim qilish va foydalanish muddatlarini ko'rsatish;
    6. Internet va tarmoq uchun tezkor-mamuriy qo'llanmalar yaratish;
    7. Tarmoqdan foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilish, ularni tarmoqqa ulanganda yoki uzib qo'yilganda hizmat ko'rsatish turini o'zgartirish;
    8. yangi tehnologiyalarni qo'llash va tarmoq infrastrukturasini rivojlantirish;
    9. tarmoq manitoringi bo'yicha ishlarni tashkillashtirishni nazorat qilish;
    10. tarmoqdagi ahborotlar muhofazasitizimini ta'minlash;
    11. tarmoq bilan ishlashdagi uzilishlarni bartaraf qilish.

maqsad va vazifalarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari

Hosted by uCoz