geografiya va iqtisod |
Geografiya va iqtisod bo'limi haqida |
«Pådagogika va BTU» fakultåti bazasida Jizzax viloyati maktablarida kimyo, biologiya va gåografiya o'qituvchilari åtishmayotgan bir paytda ochilgan yosh «kimyo-biologiya» (gåografiya bo'limi) fakultåti tashkil etildi.
2001 yil såntyabr oyidan «Gåografiya-iqtisod» bo'limi mustaqil faoliyat ko'rsatib
kålmoqda. bo'limni gåografiya fanlari nomzodi, dotsånt N. Ismatov boshqarib
kålmoqda. 1998 yil 8 yanvardan boshlab «Gåografiya ekologiya» kafådrasi tashkil
topdi. 21 iyun 2002 yildan «Mintaqaviy gåografiya va o'qitish uslubi» kafådrasi
tashkil topdi. Uni dotsånt K.Kurbonov boshqarmoqda.
Kafådra qoshida «Gåografiya va ekologiya» fan ilmiy to'garagi tashkil qilingan.
Talabalarga gåografiya fanlari nomzodlari, dotsåntlar N. Ismatov va K.Qurbonov,
tåxnika fanlari nomzodi, dotsånt B. Raxmonov, katta o'qituvchilarda Usmanova S.,
Usmonov Yu. o'qituvchilar: Gapparov A., Xakimov K., Toshboåv Z., Qayumova M., Xudalov
M., shuningdåk Zokirova N. kabilar talabalarga ilm-fan sirlarini o'rgatib
kålmoqda. bo'limda ilmiy-uslubiy ishlar kång yo'lga qo'yilgan.
Dotsånt-o'qituvchilar tomonidan kuplab monografiya, kullanma, uslubiy tavsiyanomalar chiqarilgan, shuningdåk, ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar to'plamlar, jurnallar va gazåtalarda chop ettirilgan. bo'lim talabalari institut miqyosida o'tkaziladigan talabalar ilmiy konfåråntsiyalarida xamda Råspublika miqyosida o'tkaziladigan fan olimliadalarida muntazam qatnashib (1997—2002 yillarda) sovrinli o'rinlarni yuqori ko'rsatkichlarga erishib kålmoqdalar. Bo`lim 2001 yili Kimyo-biologiya fakultåtidan ajralib chiqib, mustaqil bo`lim sifatida ish boshladi. Shu kungacha bo`limda 4 fan nomzodi, shulardan 3 tasi dotsånt, 4 ta katta o`qituvchi, 5 ta o`qituvchi-assistånt faoliyat ko`rsatib kåladi. Bo`limda 135 nafar talaba tahsil oladi. Bo`lim SamDU profåssor-o`qituvchilari bilan hamkorlik qiladi, 2 nafar SamDU profåssori (prof. Alibåkov L. prof. Abdulqosimov A) o`rindoshlik asosida bo`limda ishlaydi. Bo`limda «Gåografiya-ekologiya» va «Mintaqaviy gåografiya va uni o`qitish uslubi» kafådralari mavjud. Bo`lim tashkil etilganidan båri xalq ta'limi muassasalari uchun 125 dan ziyod gåografiya o`qituvchilari tayyorlab bårildi. Shulardan 6 tasi imtiyozli diplom bilan bitirgan. Bo`lim bitiruvchilaridan 6 nafari magistraturada tahsil olib, endilikda oliy o`quv yurtlarida talabalarga bilim bårish bilan birgalikda ilmiy faoliyat bilan shug`ullanmoqdalar. Bo`lim tashkil etilganidan båri g.f.n. dotsånt Ismatov N. rahbarlik qilib kålmoqda. Bo`lim SamDU, O`zMU, ToshDPU kabi oliy o`quv yurtlari bilan ilmiy va uslubiy yo`nalishlarda aloqa qiladi. Bo`lim o`qituvchilaridan 2 nafari SamDU da tadqiqotchi sifatida ish olib bormoqda. Hozirgi kungacha bo`lim o`qituvchi-profåssorlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar råspublikaning turli nashrlarida chop etilgan. |