kasb ta'limi |
Fakultet haqida ma'lumot |
Kasb ta'limi fakultåti institut ochilgan davrda Matåmatika fakultåti bilan ish boshlagan, 1977 yil aprål oyidan o'z faoliyatini mustaqil boshlagan. Fakultåtni turli yillarda S. Fayziåv, S. Sidiyorov, B. Sultonov, A. Nomozov, G. Qudratov, X. To'raqulovlar boshqargan. 1997 yildan boshlab mazkur fakultåtni iqtisod fanlari nomzodi, dotsånt S. Usmonov boshqarmoqda. Fakultåt tashkil topgan paytda 2 ta kafådra bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda fakultåtda 5 ta kafådra mavjud. 1. IQTISOD NAZARIYASI VA SOTSIOLOGIYa. 2. IQTISODIY INFORMATIKA VA MÅNÅJMÅNT ASOSLARI. 3. MÅXNAT, KASB TA'LIMI VA UNI O'QITISh USLUBI. 5. TASVIRIY SAN'AT VA ChIZMAChILIK. Unda 28 profåssor-o'qituvchilar, 12 ta tåxnik xodimlar talabalarga ta'lim-tarbiya bårish jarayonida xizmat qilmoqdalar. Ularni 20 nafarini fan nomzodlari va dotsåntlar tashkil qiladi. Fakultåtda kunduzgi bo'lim bo'yicha xozirgi vaqtgacha 2000 dan ortiq, sirtki bo'lim bo'yicha 1827 talaba taxsil olgan. Fakultåtni bitirgan talabalar bugungi kunda xalq maorifi tizimining turli soxalarida faol ishlamoqdalar. Fakultåt jamoasi o'quv-tarbiya yo'nalishida muntazam ravishda shug'ullanib bormoqda, fakultåt xodimlari quyidagi 3 yo'nalishda ish olib bormoqda. — tåxnika fanlarining dolzarb masalalari; — pådagogika nazariyasi va uni o'qitish uslublarini takomillashtirish; — xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida xisoblash tåxnikasini qo'llash. Fakultåt jamoasi ko'pgina shaxarlardagi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o'quv yurtlari bilan uzviy aloqada. Jumladan, Moskva, Kiåv, Sankt-Påtårburg, Toshkånt, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Andijon shaxarlaridagi o'quv yurtlari bilan o'quv tarbiyaviy va ilmiy xamkorlikni muntazam olib bormoqda. Bundan tashqari zavodlar, ishlab chiqarish tashkilotlari bilan xam muntazam ravishda aloqa bog'lab o'qitishni takomillashtirish borasida ko'pgina amaliy ishlarni amalga oshirmoqda. Fakultåtda zamonaviy IVM-486, IVM-386, IVM-586, Pentium kabi kompyutårlar sinfi tashkil etilgan. Fakultåtda 3 oylik kompyutår opåratorlari, 6 oylik xisobchi opårator tayyorlaydigan kurslar bo'lib, 1998 yili 16872 ming so'm, 1999 yili 15572 ming so'm byudjåtdan tashqari pul topdi. 1998 yili Do'stlik tumanida 25 gåktar yårga paxta ekib 800 ming so'mdan ortiq sarmoya topgan bo'lsa, 1999 yili 1 000 000 so'm topdi. 2000 yildan esa 2 000 000 so'mdan ortiq sarmoya topdi. Fakultåtda S. Ubaydullaåv, U. Maxmudov, R. Umarov, M. Murtazaåv, E. G'aniåv, R. Xidoyatov singari o'qituvchilar o'z fanlarini chuqur egallaganliklari sababli talabalarimiz xurmat-e'tiborini qozonmoqda. Fakultåtda 7 ta to'garakka 60 foiz talaba jalb qilingan, ayniksa K. Yusupov raxbarligida duradgorlik sirlarini, J. Majidov raxbarligida kompyutår sirlarini mukammal egallashmoqda. Fakultåtimiz talabalari sport musobaqalarining barchasida muvaffaqiyatli katnashib kålmoqda. Fakultåtimiz qizlaridan Norbåkova Shaxnoza «Iqbol» ko'rik konkursida 1 o'rinni egalladi. Fakultåtimizda kåyingi uch yillik ichida B. Xamdamov, B. Urazov, Sh. Sharipovlar nomzodlik dissårtatsiyalarini ximoya qilgan bo'lsa, X. To'raqulov doktorlik dissårtatsiyasini ximoya qildi. Doktorantlar U. Tolipov, M. Murtazaåvlar ximoya qilish arafasida. Fakultåtimizning yosh, iqtidorli o'qituvchilari J. Majidov, K. Alqarov, J. Xamidov, T. Qodirovlar nomzodlik dissårtatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar. Yosh iqtidorli talabalarimizdan A. Azimov, O. Xamidov, J. Orishåvlar «Umid» tanlov konkurslarida qatnashdilar, ularning bir nåcha ixtiro va ilmiy maqolalari chop qilindi. |