27.04.05     Xotira turniri

Kuni kecha "Xotira turniri"ning domlalar o'rtasidagi futbol musobaqalariga start berildi. Unda o'n ikki jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bellashadilar.

Dastlabki turda ikkala guruhda ham uchtadan o'yin bo'lib o'tdi va o'ziga xos natijalar qayd etildi.

 

25.04.05     Ma'naviyat kunlari

Ertaga Institutimizning Fizika-Matematika, O'zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga "Ma'naviyat kuni" bo'lganligi sababli, talabalar Jizzax shahrining tarixiy obidalariga sayohat qiladilar. Ular Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi, Sharof Rashidov muzeyi, O'lkashunoslik muzeyi va boshqa joylarga sayohat uyishtiradilar.

Shuningdek, boshqa fakultetlar talabalari ham o'zlarining "Ma'naviyat kuni"da Viloyatimizning tarixiy obidalari va avliyo joylariga sayohat uyushtiradilar.

 

15.04.05     Domlalar o'rtasida sport musobaqalari

Yaqindagina talbalar o'rtasida fakultetlararo sport musobaqalari bo'lib o'tgan edi. Fakultetlararo Domlalar o'rtasida ham sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Unda erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etishib, shaxmat, shashka, qo'l topi, basketbol, futbol kabi sport turlarida bellashmoqdalar.

 

8.04.05     Uzluksiz ta'lim tizimida fan va ta'lim integratsiyasi

"Ma'rifat va madaniyat" markazida Institutimizning Fizika-matematika fakulteti va O'zbekiston Fanlar Akademiyasi "Zamonaviy axborot texnologiyalari" ilmiy-texnika markazi, Informatika instituti olimlari hamkorligida "Uzluksiz ta'lim tizimida fan va ta'lim integratsiyasi" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminarni Institut rektori prof. Dusmatov O.M. kirish so'zi bilan boshladilar va dastlab O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, t.f.d. Komilov M.M. ma'ruzasi tinglandi. Shuningdek seminarda t.f.d. prof. Sadullayev R., t.f.d. prof. Nishanov A., t.f.d. prof. To'rayev X.T. lar ham ma'ruza qildilar.

 

Hosted by uCoz