magistratura

Magistratura bo'limi

Ma Jizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004 o'quv yilidan boshlab Magistratura bo'limi ish boshladi va davlat granti hamda shartnoma asosida talabalarni o'qitadi.

Bo'limga quyidagi 5 ta yo'nalish bo'yicha magistrantlar qabul qilinadi:

5 A 140201 - Fizika

5 À 140301 - Kimyo

5 À 140401 - Biologiya

5 À 140601 - Tarix

5 À 141101 - O'zbek tili

Bo'limning ilk ochilgan yiliyoq (2003-2004 o'quv yili) unda o'qishni xoxlovchilar soni yuqori ekanligi namoyon bo'ldi. Bunga 16 o'ringa 25 bakalavr-abituriynetlarning hujjat topshirganligidan ham ishonch hosil qilish mumkin. Magistrlikka qabul tanlovi konkurs asosida o'tdi va yuqori tashkilotlarning ruxsati bilan 16 o'ringa 20 ta magistrant o'qish uchun qabul qilindi (6 ta grant, 14 ta kontakt).

Bu yil(2004-2005 o'quv yilida) esa magistrant bo'lish uchun talabgor yanada ko'payib, 44 ta bakalavr-abituriyent o'z hujjatlarini magistratura bo'limiga topshirdilar. Yuqori tanlov asosida bu yil 26 ta magistrant o'qish uchun qabul qilindi (5 ta grant, 21 ta kontrakt).

Institutda magistrantlarning o'qishi va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng avvalo ularga dars berish uchun yuqori malakali fan doktorlari va fan nomzodlari jalb qilingan. Har bir professor-o'qituvchilar tanlov asosida dars o'tishlari shart qilib qo'yilgan. Maxsus kompyuter xonalari, zamonaviy kutubxona va talabgorlar uchun yotoqxonalar ajratilgan.

Magistratura bo'limiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent A. Tangirov rahbarlik qilmoqda.

Hosted by uCoz