31.03.05     Amerika burchagi

Institutimizda Amerika hayoti, turmush tarzi bilan yaqindan tanishtiruvchi burchakning ochilishiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda AQShning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jon Purnell, viloyat hokimi Ubaydulla Yamanqulov ishtirok etishdilar. Amerika burchagida Amerika haqida hikoya qiluvchi(inglizcha) 800 ta kitob, internet tarmog'iga ulangan 4 ta kompyuter, shuningdek bir qancha zamonaviy texnik(kompyuterli) uskunalar ishlab turibdi.

 

29.03.05     Ogohlik davr talabi!

Institutimizning "Madaniyat saroyi"da hozir kunda Qirg'izistonda bo'layotgan voqealar bo'yicha yig'lish bo'lib o'tdi. Unda talabalarga voqealarning asl mohiyatidan kelib chiqib, ma'ruzalar o'qildi va voqealarga O'zbekiston hukumatining munosabati tushuntirildi, yig'ilishda barcha fakultetlardan talabalar istirok etishdi.

 

20.03.05     Navro'zi olam muborak!

Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yasharish va yangilanish fasli bo'lmish Bahor fasli bilan tabriklaymiz. Institutimiz jamoasi barchani Yangi kun - Yangi yil - Navro'z bayrami bilan chin dildan muborakbod etadilar. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

 

19.03.05     Musobaqa yakunlari

Fakultetlararo futbol bo'yicha talabalar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqaning final qismiga "tarix va huquq" hamda "fizika-matematika" fakultetlari chiqishdi. Final uchrashuvida asosiy vaqtda hisob 2:2 bo'ldi, qoshimcha vaqtda esa ushbu hisob o'zgarmadi. Penaltilar bahsida(hisob 3:0) omad "fizika-matematika" fakulteti talabalariga kulib boqdi va musobaqa g'olibi bo'lishdi.

 

16.03.05     Oltin baliqcha.

Institutimizning madaniyat saroyida 16-, 17-, 18- mart kunlari Institut qoshida tashkil etilgan "Iste'dod" teatr studiyasining "Oltin baliqcha" nomli sahna ko'rinishi namoyish etiladi.

 

14.03.05     Sport musobaqasi.

Institutimizda futbol hamda qo'l to'pi bo'yicha fakultetlararo talabalar(qiz va o'g'il bolalar) o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Futbol hamda qo'l to'pi musobaqalarida jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda bahslashmoqdalar.

 

9.03.05     Kubok qo'lga kiritildi.

Institutimiz mini futbol bo'yicha terma jamoasi Respublika Oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tkaziladigan kubok o'yinlarida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Finalda Farg'ona Politexnika Instituti terma jamoasi bilan bahslashib, 3:2 hisobida g'olib bo'lishdi.

 

7.03.05     Zulfiya mukofoti sohibasi

Institutimiz "Pedagogika -psixologiya, musiqa" bo'limi 3-kurs talabasi Sabohat Bahromova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo'ldi.

 

4.03.05     8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Institutimizda "Xalqaro xotin qizlar kuni"ga bag'ishlab bir necha tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Bahor faslining ilk bayrami hisoblangan ushbu bayramda har hil chiqishlar, sahna ko'rinishlari va ommoviy raqslar tashkillashtirildi. Institut "Kamolot" YIH boshlang'ich tashkiloti, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo'mitasi birgalikda "Madaniyat saroyida" kecha tashkillashtirdilar.

Kecha so'ngida institut ayollariga, har bir fakultetdan yetakchi, faol talaba qizlarga tashkilotchilar tomonidan sovg'alar topshirildi. Shuningdek, tashkilotchilar "raqs-shou" kechasini uyushtirishdilar.

 

28.02.05     Internetdan foydalanish kengaymoqda

Bahor faslining kirib kelishi barchada ko'tarinki kayfiyat uyg'otganidek, Institutimizdagi yana bir yangilik shu bo'ldiki, internet tarmog'idan foydalanish kengaydi.

Institut binosining 2-qavatida joylashgan barcha kompyuter xonalari bir-biri bilan lokal tarmoq orqali ulandi. Natijada, kompyuter xonalarida talabalarning internetga chiqish va unda ishlash imkoniyatlari kengaydi.

 

19.02.05     Quvnoqlar va zukkolar

Respulika Oliy o'quv yurtlari o'rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovining mintaqaviy bosqichi Institut "Madaniyat saroyi"da bo'lib o'tdi.

Unda Jizzax DPI ning "Jizzaxlik Jiyanlar Jamoasi", Nukus DPI ning "Turon" jamoasi, SamDU ning "Ilxom" jamoasi, Samarqand Iqtisodiyot va Servis Institutining "Sekret servis" jamoalari ishtirok etishdi. Jamoalar 3 ta shart bo'yicha ballar sistemasi asosida baholandilar.

Jamolarning keyingi bosqichga chiqishi barcha mintaqaviy o'yinlar yakunlangach aniqlanadi.

 

10.02.05     Navoiyxonlik kechasi

9 fevral kuni Jizzax Oliy Harbiy Aviatsiya bilim yurtida Institutning "O'zbek tili va adabiyoti" fakulteti jamoasi, Institut "Kamolot" YIH va bilim yurti hamkorligida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan "Navoiyxonlik kechasi" mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda dastlab Harbiy Aviatsiya bilim yurti talabalari Navoiy hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'ruzalar o'qishdi. So'ngra Navoiyning asarlari asosida sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Kecha so'ngida Institut va bilim yurti talabalari o'rtasida Navoiy ijodi asosida she'rxonlik tanlovi o'tkazildi.

 

7.02.05     9 fevral - Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 564 yilligi Institutimiz miqyosida ham keng nishonlandi. Bugun "Ma'ruzalar zali"da ana shunga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Shuningdek, 5 fevral - shanba kuni madaniyat saroyida bo'lib o'tgan kechada domlalar Navoiyning boy va bebaho merosi asrlar mobaynida ajdodlarimizni ezgulikka, mehr-muruvvatga, tinchlik va do`stlikka da`vat etib kelganligini ta'kidladilar. Talabalar tomonidan sahna ko'rinishi namoyish qilinib, shoirning ijodidan she'rlar o'qildi.

 

4.02.05     Kurs ishlari himoyasi

Fizika-matematika fakultetining bitiruvchi kurs talabalaridan 4 nafari o'zlari olgan mavzular bo'yicha elektron ishlanma yaratishib, multimediya yordamida namoyish qilishdi va kurs ishini himoya qildilar.>>>

 

Hosted by uCoz