30.09.05     1 oktyabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni

Ertaga respublikamizda 1 oktaybr O’qituvchi va murabbiylar kuni keng miqyosida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan institumizning “Madaniyat” saroyida tadbir bo’lib o’tdi. Unda institut rektori prof. O.Do’smatov ishtirok etib yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda institutning jamoat ishlarida faol ishtirok etgan professor-o’qituvchilardan bir guruhi faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

 

2.09.05     Bilimlar kuni

Bugun yangi 2005-2006 o’quv yilining ilk qo’ng’iroqlari jarangladi. Institutimizga 1 kurs sifatida qabul qilingan talabalarning kayfiyati o’zgacha. Institumizning “Madaniyat” saroyida bu yil qabul qilingan ilk talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda institutimiz rektori prof. O.Do’smatov ishtirok etib talabalarni kechagina nishonlangan mustaqillik bayrami bilan hamda bugungi bilimlar kuni bilan tabrikladilar. Ularga keyingi o’qishlarida zafarlar tiladilar.

 

30.08.05     1 sentyabr - Mustaqillik kuni

Jizzax Davlat pedagogika instituti jamoasi yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 14 yilligi munosabati bilan tabriklaydilar. Eng ulug' va eng aziz bayramimiz bo'lmish istiqlol ayyomini ko'tarinki kayfiyatda nishonlashingizga tilakdoshmiz.

 

9.06.05     Oybek tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan konferensiya

7-8 iyun kunlari Professor-o'qituvchilar va talabalarning atoqli adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi akademik Oybek tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan XXXI an'anaviy ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyaning ochilishiga bag'ishlangan Yalpi majlis 7 iyun soat 12oo da Madaniyat saroyida boshlandi.

Kirish so'zi Institut rektori prof. Do'smatov O. ga berildi, shuningdek, dots. U.Qosimov, dots. K.Qurbonov lar so'zga chiqdilar. Konferensiya alohida sho'balarga ajratilib davom etdi, sho'balar ishi o'z kabinetlarida shu kuni soat 14oo dan boshlandi.

 

2.06.05     O'zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo'lmaydi.

Andijonda bo'lib o'tgan voqealarga qarshi Viloyatimiz markazida "O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo'lmaydi" shiori ostida ko'p ming sonli miting bo'lib o'tdi. Qatnashchilarning barchasi terroristlarga qarshi shiorlar bilan chiqishdi, Andijondagi noxush voqealarni qoraladilar.

 

26.05.05     So'nggi qo'ng'iroq.

Kuni kecha Viloyatimizning barcha maktablarida so'nggi qo'ng'iroq chalindi. Barcha bitiruvchilar hayajonda bo'lishdi. 9-sinf bitiruvchilari Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o'qishni davom ettirishsa, 11-sinf bitiruvchilari Oliy dargohlar kirish uchun tayyorgarlikni boshlaydilar.

 

23.05.05     "Barkamol avlod" sport o'yinlari

Ertaga Toshkent viloyatida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'rtasida "Barkamol avlod - 2005" sport o'yinlari boshlanadi va kechga tomon musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Unda Jizzax viloyati jamoasi ham ishtirok etadi, biz ularga omad tilab qolamiz. Chunki, uch bosqishli sport o'yinlarining o'rta bo'g'ini hisoblangan ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchilar ertaga Oliy dargohga kirishgach "Universiada" musobaqalarioda ham ishtirok etishlari mumkin. "Barkamol avlod" sport o'yinlari ularning tajribasini yanada oshiradi va erta kelajakda Institutimiz sharafini ham munosib himoya qiladilar deya umid bildirib qolamiz.

 

16.05.05     Vatan - sajdagoh kabi muqaddasdir, uni asrash burchimizdir.

Respublikamizning barcha fuqarosi uchun vatanni asramoq burch hisoblanadi. Andijonda bo'lib o'tgan nohush voqealarni qoralagan holda, bu hammamiz uchun fojeadir. Institut saroyida bo'lib o'tgan yig'ilishda ushbu voqealarga munosabat bildirildi. Bunday ko'ngilsizliklarning sodir bo'lmasligiga barchamiz mas'ul ekanligimiz, doimo ogoh bo'lishimiz zarurligi yig'ilishda ta'kidlab o'tildi.

 

7.05.05     9 may - Xotira va qadrlash kuni

"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Institutimizda 6 may kuni tadbir bo'lib o'tdi. Unda barcha professor-o'qituvchilar, institut rektorati, veteran va pensiya ta'tilidagi domlalar ishtirok etishdi. Kirish so'zini insitut rektori prof. Do'smatov O. aytdilar va boshqa domlalar ham so'zga chiqdilar. Tadbirda dasturxon bezatilib, yig'ilganlarga osh tortildi.

Shuningdek, "xotira turniri" g'oliblariga va sovrindorlariga sovg'alar topshirildi. Futbol musobaqasining final qismida "Jismoniy tarbiya" va "Musiqa" fakultetining jamoalari uchrashib 3:1 hisobi qayd etildi.

 


davomi :  1, 2, 3, 4

 

Hosted by uCoz